Abbos Said bugungi zamonaviy adabiyotimizda o'z o'rniga ega, ko'plab muxlislar tomonidan e’tirof etilgan adib. U o'z asarlarida insonning ruhiy olamini tasvirlash orqali jamiyatdagi barqaror qadriyatlar, davomli illatlar hamda insonga bog'lik bo'lgan tom ma’nodagi munosabatlar xususida teran fikrlarini bayon etadi.
Muallif "Qazoi qadar" romanining Birinchi kitobi bilan o'quvchilar orasida keng e’tibor qozongan edi. Qo'lingizdagi kitob esa romanning Ikkinchi asari bo'lib, unda ham borlik va yo'qlik orasidagi mavjudotlarning hayotiy prinsiplari, tutumlari haqida so'z boradi. Kitobxon obrazlarni qayta uchratar ekan, ularning taqdiridan to'liqroq boxabar bo'ladi. Tasvir va tahlilning birligi o'quvchi ko'z oldida har bir sahnaning hayotiy namoyon bo'lishini ta’minlaydi.
ISBN : 9789910708633
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 352
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Abbos Said

