Erix Mariya Remarkning "Qaytish" romani mashhur "G'arbiy front-
da o'zgarish yo'q" romanining o'ziga xos mantiqiy davomidir. Urush
maydonlarida tirik qolgan yigitlar endi tinch hayotga qaytib, jamiyat
bag'rida o'rin topishga urinadilar. Biroq ularni kutgan dunyo ham,
odamlar ham o'zgargan - kechagi jasur askarlar bugungi kunning be-
gonalariga aylanib qolgan.
Asarda inson ruhiyatining urushdan keyingi parchalanishi, yo'qo-
tishlar og'rig'i va ma'nosini yo'qotgan hayotning bo'shlig'i chuqur tas-
virlanadi. Remark qahramonlari nafaqat tirik qolish uchun, balki ruhan
yashash, qaytadan inson bo'lib qolish uchun ham kurashadilar.
"Qaytish" - urushdan omon qaytgan avlodning tragediyasi haqida-
gi roman. U inson va jamiyat munosabatlari, xotira va dard, umid va
iztirob haqida so'zlaydi. Remarkning qalamidagi samimiylik va dardli
poetik ohang bu asarni XX asr adabiyotining eng ta'sirli sahifalaridan
biriga aylantiradi.

