Bu kitob hayot saboqlari, xatolar va ularning oqibatlari haqida ochiq va keskin fikrlar jamlanmasidir. Muallif o‘quvchini o‘ziga savol berishga majbur qiladi: “Bugun qilayotgan ishlarim ertaga menga qanday qaytadi?”
Asarda hayotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, ongni uyg‘otuvchi fikrlar, sabab va oqibat qonuni hamda kech bo‘lishidan oldin anglash kerak bo‘lgan haqiqatlar samimiy va ba’zan og‘riqli uslubda yoritiladi.
“Qaytar dunyo” taskin beradigan emas, balki uyg‘otadigan kitob. U o‘quvchini o‘z hayotini qayta ko‘rib chiqishga va mas’uliyatni his qilishga undaydi.

