14500 qayta zaryadlanadigan nikel-metall gidrid akkumulyatorlar (AA barmoqli batareya formati) yuqori energiya zichligiga ega kichik akkumulyatorlardir.
Bunday akkumulyatorlar soch oladigon britvalar, fonarlar, radio orqali boshqariladigan o‘yinchoqlar, o‘lchov asboblari, audio qurilmalar va boshqa ko‘plab elektron mahsulotlar uchun mos keladi.
Nikel-metall gidrid akkumulyatorlarning bunchalik ommalashib ketishining asosiy sabablaridan biri ularning energiyani uzoqroq vaqt davomida saqlab turish qobiliyatidir. Shuningdek, ular xotira effektiga ega emas, bu esa batareya sig‘imini yo‘qotish xavfisiz doimiy ravishda zaryadlanish imkonini beradi.
Akkumulyatorlar tezda zaryadlanadi, bu esa ularning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Biroq, har qanday batareya noto‘g‘ri ishlatilsa yoki zaryadlansa, xavfli bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Shuning uchun tavsiyalarga rioya qilish va ushbu batareyalar uchun faqat mos keladigan quvvatlash moslamasidan foydalanish muhimdir.

