Ushbu kitobda asta-sekin hayotdagi og‘riqli o‘zgarishlarga ko‘nikayotgan va o‘zi bilmagan holda "qaynatilgan qurbaqa"ga aylanib borayotgan zamonaviy insonning eng katta fojiasi tahlil qilinadi. Muna al-Jahoniy insonni jonli misollar, hayotiy vaziyatlar va ichki mushohadalar orqali o‘zini qayta anglashga chaqiradi.
Muallif kitobxonni ma’naviy uyqudan uyg‘onishga, o‘z qadr-qimmatini anglashga va nafaqat tashqi, balki ichki erkinlikka erishishga chaqiradi. "Pishirilgan qurbaqa bo‘lmang" nafaqat motivatsion kitob, balki zamonaviy insonning ruhiy inqirozi haqida falsafiy ogohlantirishdir.
Asar hayot tazyiqi ostida tobora hissizlanib borayotgan insonlarga yo‘l ko‘rsatadi, ularni teran fikrlashga, ongli yashashga da’vat etadi.

