Qo`lingizdagi mazkur risolada inson umrini uzaytirish, salomatlikni mustahkamlash yo`lidagi ba'zi sa'y-harakatlar, dunyo hamjamiyatida qo`llanilib kelinayotgan amaliy tajribalar haqida fikr yuritiladi. Mazkur fikrlar bilan tanishar ekansiz, inson ongining naqadar qudratli ekanligidan tashqari u yana o`z umrini uzaytira olishga ham qodirligiga ishonch hosil qilasiz.

