Atrofimizdagi olamda biz har doim ham bilavermaydigan ko‘plab sir va jumboqlar mavjud. Duoiy bad (yomon tilak), ya’ni la’nat ham shular jumlasidandir. Uning mohiyatiga e’tiborsiz munosabatda bo‘lish va bu hodisani har tomonlama tushunmaslik kutilmagan noxush voqealarga sabab bo‘lishi mumkin
Ushbu risolada mashhur manbalar asosida yuqorida qayd etilgan masalalar ko‘rib chiqiladi, tegishli tushunchalar ochib beriladi, shuningdek, la’nat va undan himoyalanish usullari haqida tavsiyalar hamda nasihatlar keltiriladi
Zero, duoiy bad — la’nat — balo, baxtsizlik, kulfat va turli qiyinchiliklarning manbai hisoblanadi. Inson o‘zini bu illatdan faqat o‘zi himoya qila oladi. Buning uchun nima qilish kerak? Umid qilamizki, ushbu risolani diqqat bilan o‘qib chiqqaningizdan so‘ng, bu savolga aniq javob topa olasiz

