• Effekt: SPF50+/PA++++ keng spektrli UVA va UVB himoya beradi, fotokeksayish va pigmentatsiyani oldini oladi. Terini tinchlantiradi, qizarishni kamaytiradi, yog‘ ajralishini nazorat qiladi, mat effekt beradi, yopishqoqlik qoldirmaydi.
• Teri turi: Barcha teri turlari uchun mos, ayniqsa yog‘li, aralash va sezgir teri uchun tavsiya etiladi. Qizarish va ortiqcha yaltirashga moyil teriga mos.
• Xususiyatlari: Qulay stik format, kun davomida himoyani yangilash oson. Yengil airy tekstura, mat qoplamli, makiyaj ustidan surtish mumkin. Teshiklarni berkitmaydi, og‘irlik hissi bermaydi.
• Asosiy komponentlar: Qarag‘ay ekstrakti va Cica kompleksi (Centella asiatica). Beta-sitosterol, seboregulyatsiya qiluvchi pudralar, zamonaviy kimyoviy UV filtrlari.
• Qo‘llash usuli: Quyoshga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin yuz va bo‘yinga surtish. Stikni teri bo‘ylab teng taqsimlang. Har 2–3 soatda, shuningdek terlash yoki suv bilan kontaktdan keyin qayta qo‘llang.
• Hajmi: 19gr
• Biz Round Lab brendining O‘zbekistondagi rasmiy vakillarimiz, shuning uchun mahsulotimizning 100% original ekanligiga hech qanday shubha qilmasangiz ham bo‘ladi. Sizga UZUM tomonidan tasdiqlangan sertifikatni taqdim etamiz.
Round Lab koreys brendining ushbu quyoshdan himoya qiluvchi stik vositasi terini UVA va UVB nurlaridan himoya qilish, tinchlantirish va namlantirish uchun mo‘ljallangan. Qarag‘ay ekstrakti va CICA kompleksi terini tinchlantirishga yordam beradi, qizarishlarni kamaytiradi va teri himoya qatlamini mustahkamlaydi. Yengil teksturasi terida yopishqoqlik yoki oq iz qoldirmaydi, stik shakli esa kun davomida himoyani qulay tarzda yangilash imkonini beradi.




Quyoshga chiqishdan oldin parvarishning oxirgi bosqichida yuz va bo‘yinga surting. Kun davomida himoyani har 2–3 soatda qayta qo‘llash tavsiya etiladi.

