Bu kitobni asalga o'xshatish mumkin. Asalari guldan gulga qo'nib, rango-rang iforlaru anvoyi shiralardan shifobaxsh asal to'plagani singgari, muallif ham turli manbalardan turfa hikmatlar va ta'sirli rivoyatlarni tergan, ba'zilariga o'zining xulosalarini ham ilova qilgan. Shu sababdan ham kitobni o'qirkansiz, ketgan vaqtingizga achinmaysiz, aksincha u sizning kundalik hamrohingizga aylanib qoladi.

