O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning har bir asari kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Adibning „,Qalbingga quloq sol" qissasidagi Yodgor va Charosning quvonch-u iztiroblari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Yosh Dilfuzaning o‘limi esa qalblarni larzaga soladi. Qo‘lingizdagi kitobga kiritilgan ushbu qissa yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biridir.
Shuningdek, to‘plamdan yozuvchining „Uzun kechalar" hikoyasi o‘rin olgan.
ISBN: 978-9943-8879-8-5
Qog‘oz formati: A5
Muqovasi: Yumshoq
Betlar soni: 160
Chop etilgan yili: 2022
Nashriyot: Nurli dunyo
Yozuv: Lotincha
Til: O'zbekcha
Muallif: O'tkir Hoshimov

