«Qalbga taskin bitiklar – 2»
Asari insonning ma’naviy dardlariga malham bo‘luvchi kichik hikoyalar, ibratli fikrlarning o‘ziga xos jamlanmasidir. Ushbu to‘plamda buyuklarning qalb va ruhni davolash borasidagi umidbaxsh fikrlariga keng o‘rin ajratilgan. Kitobdan joy olgan har bir jumla umidsizlik changaliga tushib, jar yoqasiga kelib qolgan insonlarni yorug‘likka eltuvchi eshikdek go‘yo. Shu ma’noda aytish mumkinki, olimlar, faylasuflar, donishmandlarning qanchadan qancha bebaho fikrlari majmuasi sanalgan ushbu kitobi o‘quvchilarning qalbiga yorug‘lik, ezgulik, umid va ilinj uchqunlarini olib kiradi.

