"Qalb ko‘zgusidagi illatlar" kitobi inson qalbini ma'naviy poklash, zohiriy va botiniy poklikni saqlash hamda musulmonning go‘zal axloq bilan yashashi mavzulariga bag‘ishlangan. Asarda qalb kasalliklari, ularning sabablari va oqibatlari Qur'on oyatlari, hadisi shariflar hamda ishonchli islomiy manbalar asosida yoritilgan.
Kitobda duo, ibodat, ixlos, tavba, qalbni poklash va nafsni tarbiyalash kabi muhim masalalar sodda va tushunarli uslubda bayon etiladi. Ushbu asar o‘z ustida ishlashni, ma'naviy kamolot sari intilishni va islomiy axloqni mustahkamlashni istagan kitobxonlar uchun foydali manba hisoblanadi.

