Mountain Blend — maksimal kuch va to‘yinganlikni yoqtiradiganlar uchun yaratilgan mualliflik kupaji. Tarkibi: 90% Indoneziya arabikasi (Sumatra Gayo) va 10% Hindiston robustasi. Ushbu nisbat ichimlikka yuqori zichlik, kuchli xarakter va chuqur, olijanob achchiqlik beradi. Ta’mida kislinika deyarli sezilmaydi.
Blendning o‘ziga xosligi — alohida qovurish texnologiyasida:
Arabika — Italian Roast
Robusta — Dark roast
Natijada qahva quyuq va “tortiluvchan” teksturaga ega bo‘ladi. Ta’m profilida achchiq shokolad, ziravorlar va yog‘och ohanglari yaqqol seziladi. Yakunda uzoq davom etuvchi, boy va tortiq aftertaste qoladi.
Sut bilan tayyorlanganda blend o‘z xarakterini yo‘qotmaydi va muvozanatni saqlaydi. Qora holda (espresso yoki filtr) esa maksimal kuchli va chuqur ta’m beradi.
Qadoq og‘irligi: 1000 g (1 kg)
Turi: Donli qahva
Quruq va salqin joyda, quyosh nuridan va kuchli hidlardan uzoqda saqlang.
Ochildan so‘ng germetik idishda saqlash tavsiya etiladi.
Eng yaxshi natija uchun damlashdan oldin maydalang.

