• Yangilik, yumshoq muqova, 188 sahifa
Qadrim, Pirimqul Qodirov, Qissa, hikoyalar va esdaliklar
Pirimqul Qodirov asarlari o‘z davrida minglab-millionlab kitobxonlar qalbini larzaga solgan. Taajjubki, adib ijodini bugungi kun o‘quvchisi ham qalbida hayajonsiz, ko‘zda yoshsiz o‘qiy olmaydi. Nega? Nega o‘zini adabiyotga oshno deb bilgan kitobxon Pirimqul Qodirov ijodini chetlab o‘tolmaydi? Undan o‘ziga qanday ma’naviy ozuqa oladi? Sababi - oddiy. Adib asarlarida har bir kitobxon o‘zini ko'radi, o‘zini taniydi, o‘zi bilan yuzma-yuz keladi.
«Qadrim: Qissa, hikoyalar va esdaliklar» ruknida tayyorlangan ushbu kitobdan o‘rin olgan hikoya va esdaliklarni aziz o'quvchilarimiz uchun saralab-saralab tanladik. «Qadrim» nomi bilan taqdim etilayotgan kitobimiz o'quvchini eng avvalo fikrlashga o‘rgatadi. Yomondan yaxshi fazilatlarni, nochor holatda ham baxtni his qilish mumkinligini, atrofidagi odamlarning fel-atvori-yu, a’moliga qarab ularning boshiga tushgan ko‘rgiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, hayot yo'lini tanlashni o'rgatadi.

