UYUM qadoqlash streych plyonkasi — e-commerce (Uzum, Yandex) sellerlari, do'kon egalari va ombor xizmatchilari uchun maxsus tanlangan. Bu material tovarlarni saqlash va mijozga yetkazib berish jarayonida ularning butligini ta'minlaydi.

Sellerlar uchun afzalliklari:
- Germetik himoya: Tovarni chang, namlik va begona hidlardan himoya qiladi. Ayniqsa, oziq-ovqat, kosmetika va kiyim-kechak sotuvchilari uchun zarur.
- Yuqori yopishqoqlik: Plyonka qatlamlari bir-biriga mahkam yopishadi. Bu qadoqlash jarayonini tezlashtiradi va qo'shimcha skotch sarfini kamaytiradi.
- Shaffoflik va shtrix-kod: Plyonka yuqori shaffoflikka ega, shuning uchun mahsulot ustidagi shtrix-kodlar va artikullar skanerlashda muammo tug'dirmaydi.
- Tejamkor sarf: Material cho'ziluvchan bo'lib, oz miqdordagi plyonka bilan katta hajmdagi tovarlarni o'rash imkonini beradi.
Foydalanish sohalari:
- Omborxonada: Karobkalarni biriktirish va tovarlarni palletlash.
- Logistikada: Kuryerlik xizmati davomida qadoqning ochilib ketishini oldini olish.
- Oshxonada: Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt yangi saqlash.



Texnik parametrlar:
- Katta o'ram: Eni 45 sm, uzunligi ±150 metr. Katta hajmli tovarlar (maishiy texnika, kiyim-kechak to'plamlari) uchun.
- Kichik o'ram: Eni 14 sm, uzunligi ±55 metr. Kichik detallar, bijuteriya va aksessuarlarni tezkor qadoqlash uchun qulay.
UYUM — biznesingiz uchun samarali qadoqlash yechimi.