Ixtiyor Dosmetov sizga oddiy, lekin samarali usullar orqali hayotingizni tartibga solish va maqsad sari ishonch bilan yurishni o‘rgatadi.
💎 17 yillik tajriba asosida yozilgan — oddiy gap emas, real natija
🚀 Minglab insonlar hayotini o‘zgartirgan metodlar
📖 O‘qib qo‘yiladigan emas — AMALDA ishlaydigan qo‘llanma
⚡ Har bir bob sizni harakatga majbur qiladi
🎯 Hayotni tizimlashtirishni aniq qadamlar bilan o‘rgatadi
💰 Faqat motivatsiya emas — real hayotiy natijaga yo‘naltirilgan
🧩 Ichki holatingizni ham, tashqi natijangizni ham o‘zgartiradi
🧠 Maqsadni aniq qo‘yish va unga erishish yo‘li
⏳ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va unumli foydalanish
🚫 Dangasalik va kechiktirishni yengish usullari
📈 Intizom va foydali odatlarni shakllantirish
💰 Moliyaviy fikrlashni rivojlantirish
🤝 Munosabatlarni yaxshilash va saqlab qolish
⚡ Energiya va motivatsiyani doimiy ushlab turish
🚀 O‘zini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar
📚 O‘qishda yuqori natija qilishni istaganlar
💼 Ishda o‘sishni va daromadni oshirmoqchi bo‘lganlar
⚡ Motivatsiya va energiya izlayotganlar
📈 Hayotini tartibga solmoqchi bo‘lganlar
🎯 Aniq maqsad bilan yashashni xohlaydiganlar
✨ O‘zingizga bo‘lgan ishonch sezilarli darajada oshadi
🎯 Maqsadlaringiz aniq va ravshan bo‘lib qoladi
⚡ Harakat qilish odatga aylanadi (motivatsiya kutmaysiz)
📈 Hayotingizda tartib va tizim paydo bo‘ladi
💰 Moliyaviy fikrlash va daromad qilish qobiliyati rivojlanadi
🧠 Ichki xotirjamlik va aniq yo‘nalish paydo bo‘ladi
🏆 O‘z ustingizda ishlash orqali real natijalarni ko‘ra boshlaysiz
Muallif o‘zining o‘n yetti yillik tajribalariga asoslanib yozilgan “Qadam-baqadam” kitobi orqali tizimli hayot boshlash, qadam-baqadam moliyaviy o‘sish, munosabatlarni tiklash, sog‘liq va energiyani yaxshilash hamda shaxs sifatida rivojlanish yo‘llarini o‘rgatadi. Zero, mazkur kitobdan joy olgan bilim va ko‘rsatmalar minglab insonlarning hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. U o‘zining asosiy missiyasini: “Men insonlarga ko‘mak berishdan ortiq yaxshi xizmat topa olmadim”, deya ifodalaydi.
“Aslida, faqatgina moliyani o‘ylab yashashdan yomon narsa yo‘q va bunday yashash tarzi bizning hayotimizni izdan chiqaradi. To‘g‘ri, moliya albatta muhim, lekin u eng muhimi emas. Har bir inson o‘zi xohlagan hayot tarzida yashash uchun intiladi. Sababi, uning yuksak marralarga erishishi, shaxs sifatida shakllanib o‘z sohasida rivojlanishi, munosabatlari yaxshilanib, moliyaviy erkinlikka erishishi uchun hozirgi ahvoli qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar o‘z ustida ishlab, biznesini yo‘lga qo‘yishi, faoliyat yuritayotgan kasbida yetakchi bo‘lishga harakat qilishi, ya’ni hayotini qadam-baqadam tizimlashtirib borishi shart. Shundagina unga muvaffaqiyat sari cheksiz imkoniyatlar yo‘li ochiladi. Siz ham yaxshilab o‘ylab ko‘ring, hayotingizdagi eng asosiy jabhalar tizimlashganmi? Agar hali ishonchingiz komil bo‘lmasa, demak hayotingizni tizimli qilish vaqti keldi. Demak, hamma gap tizimda!
Faoliyatim davomida moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan suhbatlashar ekanman, ularning moliyaviy yutuqlari to‘laqonli baxt keltirmaganiga amin bo‘ldim. Ularning aksariyati o‘zini namoyon etolmagani va bolaligida orzu qilgan kasb yoki hayot tarziga erisha olmaganlarini aytishadi. Aslida, ichimizda bizning bolaligimiz bor va u baxtli bo‘lmaguncha biz baxtli bo‘lolmaymiz.
Siz onasidan ayrilgan insonning yig‘laganini ko‘rganmisiz? Aslida, uning ichidagi bolakay yig‘laydi. O‘sha vaqtda u butun borligi bilan ichidagi bolani tinglaydi. O‘zining ulg‘aygani, lavozimi yoki hayotdagi o‘rni haqida unutadi. To‘laligicha bolakay nimani xohlasa, shuni qiladi. Ya’ni, haqiqiy o‘ziga aylanadi. Yosh boladay onasini izlab, ho‘ngrab yig‘laydi...
“Qadam-baqadam” kitobi yilning oxiriga qadar 100 000 nusxada chop etilishi rejalashtirilgan va hali nashrdan chiqmasidanoq 10 000 ta kitobning xaridori tayin edi. Muallifning shogirdlari, ya’ni yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan biznesmen va soha egalari tomonidan xarid qilingan kitoblar o‘z egalariga bosqichma-bosqich yetkazilmoqda.
Bugun bir qadam tashlang — ertaga natijasini ko‘rasiz!
“Qadam-baqadam” – muvaffaqiyat sari eng to‘g‘ri yo‘l!

