• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Xatcho‘p Hadya
• Sahifalar 96
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing
Ushbu kitob qisqa vaqt ichida Python - yangi boshlanuvchilar uchun ideal, qiziqarli va ijodiy ilovalarni oson yaratish imkonini beruvchi qulay va tushunarli dasturlash tilini boshlang‘ich darajada o‘rganishga yordam beradi. Dastlabki sahifalardanoq o‘quvchi, garchi hayotida hech qachon kod yozmagan bo‘lsa-da, Python’ni osongina o‘zlashtira boshlaydi va oddiy amaliy topshiriqlar asosida dastlab ikki-uch qator koddan iborat, keyin esa dasturlashning asosiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan sari tobora murakkablashib boradigan o‘z dasturlarini yozishga kirishadi. Kitobdagi ma’lumotlar sodda tilda, aniq, izchil va mantiqiy, hazil-mutoyibaga boy tarzda bayon etilganligi sababli o‘quv materiali oson qabul qilinadi va eslab qolinadi. Eng asosiysiga urg‘u berib, kitob muallifi o‘quvchiga o‘zgaruvchilar, ma’lumotlar turlari va tuzilmalari, funksiyalar, sikllar, mantiqiy ifodalar va dasturlarni sozlash haqida asosiy bilimlarni beradi va nazariyani darhol batafsil sharhlangan amaliy misollar bilan tushuntiradi.

