• Nomi: Mani ismli it
• Muallif: Bodo Shefer
• Yosh chegarasi: 6+
• Muqova: Yumshoq
• Janri: Bolalar adabiyoti, moliyaviy savodxonlik
Bu kitob bolalarga pul bilan to‘g‘ri muomala qilishni erta yoshdan o‘rgatishda beqiyos yordam beradi. Muallif Bodo Shefer murakkab moliyaviy tushunchalarni ertakona syujet orqali bolalarga qulay shaklda yetkazadi. Mani ismli itning maslahatlari orqali bola o‘z orzularini amalga oshirish uchun jamg‘arishning ahamiyatini, isrofgarchilikdan saqlanishni va mablag‘ni foydali ishlarga yo‘naltirishni o‘rganadi. Kitob ota-onalar uchun ham foydalidir, chunki u farzandlar bilan moliya haqida qanday suhbatlashishni ko‘rsatadi. Eng asosiysi, asar bolalarga mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgatadi.

