Azal-azaldan tong ordeni Imperiyani qo‘riqlab keladi. Ko‘p asrlar davomida tong ordenining jasur paladinlari tinch aholi osoyishtaligini asrab-avaylab kelishmoqda. Mana, osmonni yana qora bulutlar qopladi. Butun dunyo taqdirini hal qiladigan urush yaqinlashmoqda. Ordenning o‘zboshimcha beshinchi magistri lord Fargred Draug beixtiyor voqealar markaziga tushib qoladi. Uning yo‘li xavfli va mashaqqatli, ammo Paladin va uning sodiq do‘stlari o‘zlari uchun qadrli bo‘lgan narsani himoya qilish uchun hamma narsani xavf ostiga qo‘yishga tayyor.

