2005-yil avgust oyida "Katrina" to‘foni Yangi Orleanga hujum qilib, kuchli suv toshqiniga sabab bo‘ldi va shaharni vayronaga aylantirdi.
Memorial tibbiyot markazi elektrsiz va hech qayerdan yordam olish imkoniyatisiz qamalib qoldi. Minglab odamlar - og‘ir kasallardan tortib tibbiyot xodimlarining qarindoshlarigacha - besh kun davomida tashqi dunyodan uzildi. Shifokorlar murakkab qarorlar qabul qilishlari kerak edi: kimni birinchi navbatda qutqarish, kim evakuatsiya qilinishi kerak va kim omon qolmasligi mumkin.
Oradan bir necha oy o‘tgach, bu dahshat ortda qolgach, ba’zi shifokorlar umidsiz bemorlarga o‘limga olib boradigan dozalarda dori yuborgani uchun qamoqqa olindi...
Memorial tibbiyot markazida aslida nima sodir bo‘ldi? Ommaviy qotillik? Yoki shifokorlar martabalarini qurbon qilib, o‘layotganlarning so‘nggi soatlarini yengillatish uchun shunday qadam qo‘yishganmi?
Sheri Fink bu savollarga javob berib, inson xulq-atvori tanqidiy vaziyatlarda qanday o‘zgarishini ko‘rsatib beradi.

