PVS 2x2,5 mm² simi yuqori quvvatli uzaytirgichlar (udlinitel) yasash, uskunalarni tarmoqqa ulash hamda toʻgʻri hisoblangan yuklama doirasida elektr montaj ishlarini bajarish uchun moʻljallangan. Ikkita koʻp simli mis tomirlari simning egiluvchanligini taʼminlaydi, PVX (polivinilxlorid) izolyatsiyasi va qobigʻi esa maishiy hamda professional foydalanishda konstruksiyani himoya qilishga yordam beradi.
Ushbu sim ustaxona, garaj, uy, ofis, savdo obyekti va uskunalarni vaqtincha ulash uchun juda qulay. Oq rangli qobigʻi koʻrinib turadigan joylardan simni chiroyli oʻtkazish va uzaytirgichlar yigʻish uchun juda mos keladi.
Muhim eslatma: Tarmoqqa ulashdan oldin texnikaning quvvatini, liniya uzunligini va zanjirni himoya qilish talablarini albatta hisobga oling. Yerga ulash (zazemleniye) tizimiga ega uskunalar uchun alohida himoya tomiri boʻlgan simni tanlang.

