Jodugar Vinni va uning sodiq mushugi Vilbur yana kulgili voqealarga duch kelishadi. Nachora, osoyishta hayot ularga ma’qul tushmasa kerak. Bu safar ular yovuz robotni yengishlari, arvohlar uyiga borishlari, haqiqiy qaroqchilik sarguzashtini boshdan kechirishlari va dinozavrlar haqida qiziqarli narsalarni bilib olishlari kerak bo‘ladi.
Mehribon jodugar Vinni va uning mushugi Vilbur haqidagi hikoyalar butun dunyoga mashhur. Ularning sarguzashtlari asosida animatsion serial yaratilgan bo‘lib, kitoblarning umumiy tiraji 7 milliondan ortiqni tashkil etadi. Korki Polning illyustratsiyalari bu kitobni haqiqiy sehr bilan to‘ldiradi. Vinni va Vilbur haqidagi hikoyalar The Children’s Book Award faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Jodugar Vinnining sayohatlari. Bitta kitobda beshta sehrli hikoya" "Vinni va yovuz robot," "Vinni va arvohlar uyi," "Vinni va takabbur ritsar," "Vinni va qaroqchilik sarguzashti," "Vinni va dinozavrlar kuni" kabi asarlarni o‘z ichiga oladi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun.

