Hozirgi kunda insonning samolyotda bir materikdan boshqasiga atigi bir necha soatda uchib o‘tishi hech kimni ajablantirmaydi. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan.
Bu kitob odamlar o‘z sayyorasi haqida hali juda kam bilgan davrlar haqida. Eng jasur kishilar piyoda, otlarda va aravalarda quruqlik bo‘ylab yoki kemalarda dengizlar orqali o‘z yurtlaridan tobora uzoqlashib borishgan. Ular hali hech kim bormagan joylarga yo‘l olishgan. Ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlar davrida (XV asr o‘rtalaridan XVII asr o‘rtalarigacha) Yer faol o‘zlashtirilgan. Barcha materiklar va okeanlar ochilgach, sayohatchilar Yer qutblariga yetib borishni maqsad qilganlar. Bu jasur insonlar nihoyatda qat’iyatli, dovyurak va mard edilar. Ushbu kitob aynan ularga bag‘ishlangan.
Kitob sayohatlar va geografik kashfiyotlarga oid eng qiziqarli savollarga javob beradi:
• Qadimgi finikiyaliklar Yer haqida nimani bilishgan?
• Amerikaga birinchi bo‘lib kim yetib borgan?
• Nega Kolumb Hindistonga yetib bormagan?
• Eldorado qayerdan izlangan?
• Nega ko‘plab yerlar va orollar bir necha bor “kashf etilgan”?
• Janubiy qutb uchun poyga qanday yakunlangan?
• Mariana chuqurligining tubida nima bor?

