«Pul sarflash san’ati» — Morgan Hauzelning pul sarflash va inson xulq-atvori haqidagi kitobi. Muallif xarajatlarimizga shaxsiy qadriyatlar, boshqalarning fikri, hasad va ijtimoiy mavqe istagi qanday ta’sir qilishini muhokama qiladi.
Kitob o‘quvchini nimaga pul sarflayotgani va bu xarajat hayotiga qanday qiymat qo‘shayotgani haqida o‘ylashga undaydi. Asarda ehtiyoj va istak, qulaylik va ortiqcha iste’mol, pul hamda hayotdan qoniqish o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy moliya va ongli xarajatlar mavzusiga qiziqqan kitobxonlar uchun.

