Pul: boshlang‘ich saboqlar
Bank hisob-kitoblari, daromad va qarz olishdan tortib, davlat xarajatlari, soliqlar va inflyatsiya kabi barcha mavzularni batafsil qamrab olgan pul va moliya olami bilan ilk tanishuv.
“Pul: Boshlang‘ich saboqlar” kitobida yorqin, infografik rasmlar, batafsil lug‘at va maxsus tanlangan vebsaytlarga havolalar mavjud bo’lib, ular orqali o‘quvchi virtual bank olamiga sayohat qilib, pul bilan bog‘liq barcha jarayonlarni kuzatishi mumkin.
Ushbu kitobda siz quyidagilarga javob topasiz:
💰 Pul nima?
📜 U qachon va qanday paydo bo‘lgan?
💱 Valyuta kursi nima?
📉 Inflyatsiya nima, va nega kredit foizlari oshiriladi?
🏦 Markaziy va tijorat banklari nima qiladi?
💳 Kredit va debet kartalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
🔐 Pulni firibgar va o‘g‘rilardan qanday himoya qilish mumkin?
Va hatto:
🤔 Pul va baxt o‘rtasidagi munosabat qanday?
⚖️ Maoshlar qanday bo‘lsa adolatli hisoblanadi?
“Pul: Boshlang‘ich saboqlar” — ayniqsa, pul bilan endi tanishayotgan o‘smirlar va ularga savodli javob berishni istaydigan ota-onalar uchun ayni muddao.

