• Nuqsonlarni yashiradi – pora va ajinlarni kamaytiradi
• Uzoq ta’sir qiladi – kun davomida yetadi
• Ko‘p maqsadli – ham fiksator, ham yengil upa
• Terini chiroyli qiladi – silliq va toza ko‘rinish beradi
• Yengil pudra – terida og‘irlik bermaydi
• Yaltirashni yo‘qotadi – yuzni mat qiladi
• Makiyajni ushlab turadi – uzoq vaqt buzilmaydi
AirsPun Loose Face Powder — bu yuz uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli, yengil va mayin kukunsimon pudra bo‘lib, makiyajni mukammal darajada fiksatsiya qiladi va teriga silliq, tabiiy mat effekt beradi. Ushbu mahsulot maxsus micro-spun texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, juda mayda zarrachalari tufayli teriga osongina yoyiladi va og‘irlik hissini bermaydi.
Pudra yuzdagi mayda ajinlar, kengaygan poralar va nuqsonlarni vizual ravishda yashiradi, natijada teri yanada tekis va chiroyli ko‘rinadi. Shuningdek, u ortiqcha yog‘ni nazorat qiladi va kun davomida yuzning yaltirashini kamaytiradi.
Bu mahsulotni tonal krem ustidan fiksator sifatida, “baking” texnikasida yoki mustaqil tarzda yengil qoplama sifatida ishlatish mumkin. U uzoq muddatli ta’sirga ega bo‘lib, makiyajni kun davomida saqlashga yordam beradi.


