Kitobda Milton Erikson psixoterapiyasining asosiy tamoyillari, strategiyalari va amaliyotlari yoritiladi. Tranz holatini keltirib chiqarishning turli usullari, sugestiya turlari, gipnozning terapevtik imkoniyatlari, katalepsiya va levitatsiyani qo‘llash, o‘z-o‘zini gipnoz qilish, resurs texnikalari, gipnoanaliz, tranz holatida anesteziya, metafora va ramzlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Kitob muallifning eriksoncha gipnozni o‘qitish va uni klinik amaliyotida qo‘llash bo‘yicha ko‘p yillik tajribasiga asoslangan. Asar gipnozni o‘rganayotganlar va amaliyotchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy gipnoz va uning terapevtik imkoniyatlariga qiziqqan keng kitobxonlar doirasi uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

