“Psixiatriya” ilmiy-amaliy qo‘llanmasi psixiatriya sohasi bo‘yicha chuqur bilim olishni istagan talabalar, shifokorlar, psixiatrlar, psixoterapevtlar va klinik amaliyot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Kitobda ruhiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari keng yoritilgan.
Qo‘llanmada affektiv buzilishlar, nevrozlar, shizofreniya spektridagi kasalliklar, psixosomatik holatlar, shaxs buzilishlari hamda psixiatrik favqulodda holatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Har bir mavzu ilmiy asoslangan yondashuv, klinik kuzatuvlar va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
Mazkur nashr tibbiyot oliygohlari talabalari uchun darslik, amaliyotchi mutaxassislar uchun esa ishonchli ma’lumot manbai hisoblanadi. Ruhiy salomatlikni tushunish, tashxis qo‘yish va samarali davolash bo‘yicha muhim qo‘llanma.

