Ushbu kitob sizni mijozlar, hamkorlar va do‘stlaringizni ishontirishni boshlamasingizdan oldin ham ularning roziligini olishga o‘rgatadi
Robert Chaldini xuddi maxfiy agent kabi ko‘p yillar davomida yirik korporatsiyalarning savdo bo‘limlariga yashirincha kirib bordi. U eng yaxshilarning eng saralari qanday ishlashini kuzatib, kutilmagan bir xulosaga keldi. Muzokaralar daholari hali ishontirish jarayonini boshlamasdanoq, o‘zlariga kerakli natijaga erishish imkonini beruvchi usullardan instinktiv ravishda foydalanishar ekan. Tasavvur qilib ko‘ring-a: siz rahbaringiz xonasiga kirishingiz bilan u maoshingizni oshirishga rozi bo‘ladi. Yoki mijoz bilan muzokaralarni endigina boshlagan paytingizdayoq, u siz so‘ragan eng yuqori narxni to‘lashga tayyor turadi. Bu shunchaki hazil yoki marketing hiylasi emas. Bu daho olim va shu bilan birga tengsiz amaliyotchi tomonidan ishlab chiqilgan inqilobiy metodikadir.
"Men mashhur Chaldinining maslahatlaridan foydalanib, sizni ushbu «Rozilik psixologiyasi» kitobini sotib olishga majbur qiladigan "sehrli so‘zlar"ni aytishim mumkin edi! Ammo men sizga hech narsani majburlab uqtirmoqchi emasman. Shunchaki bu kitobni bugun qo‘lingizga oling, shunda ertagayoq muallifdan uning davomini yozishni talab qilgan bo‘lar edingiz." — Vadim Petrovskiy, Psixologiya fanlari doktori, Konsultativ psixologiya instituti rektori, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi (VShE) professori, Rossiya ta'lim akademiyasi (RAO) muxbir-a'zosi.

