Prujinali espander – uyda butun tana mushaklarini mashq qilish uchun ixcham va ishonchli trenajyor. Sport zaliga borishga vaqt bo'lmasa ham, kuniga 10–15 daqiqa mashq bilan qorin pressi, qo'llar, yelka, bel va oyoqlarni chiniqtirasiz.
Afzalliklari:
• 2 ta mustahkam po'lat prujina – yuklama 20+ kg, uzoq vaqt xizmat qiladi
• Yumshoq, sirpanmaydigan dastak – qo'lni og'ritmaydi
• Oyoq uchun tasmali pedallar – oyoq mashq paytida chiqib ketmaydi
• Ixcham – kam joy egallaydi, safarga olib ketish oson
• Erkaklar va ayollar, yangi boshlovchilar va tajribali sportchilar uchun mos
Qanday mashqlar qilish mumkin:
• Qorin pressi – gilamchada o'tirib, oyoqni pedalga qo'yib, dastakni ko'krakka tortish
• Qo'l va yelka – pedalda turib, dastakni yuqoriga tortish
• Bel (orqa) – o'tirgan holda eshkak eshish harakati
• Oyoq va dumba – yotgan holda pedallarni oyoq bilan itarish
Komplektda: prujinali espander – 1 dona.

