«Марсианин» bestselleri muallifidan hayajonli fantastik roman.
Rayland Greys o‘ziga kelganida, kosmik kema bortida ekanini anglaydi. Bu yerga qanday kelib qolganini esa mutlaqo eslay olmaydi. U aniq biladigan yagona narsa — uxlab yotgan edi, endi uyg‘ondi va uning yonida bir nechta marhumning jasadi bor. Xotiralar esa asta-sekin, uzuk-yuluq manzaralar tarzida qayta tiklana boshlaydi...
Nihoyat, sodir bo‘lgan voqealar ketma-ketligini eslab, hammasini anglab yetgan Rayland o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifaning naqadar ulkan ekanidan dahshatga tushadi: u butun insoniyatning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak! Bu nihoyatda murakkab missiya — bir tomonga berilgan chipta, ya’ni Yerga qaytish imkoniyati yo‘q. Eng yomoni, unga yordam beradigan hech kim yo‘qdek...

