• 100W kuchli va tez isitish
• 400 ml olinadigan alyuminiy idish
• Har qanday kosmetik mum uchun mos
Pro-Wax 100 – professional mum eritgich (vоскоплав) bo‘lib, uy sharoitida va go‘zallik salonlarida depilyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Qurilma 100 vatt quvvatga ega bo‘lib, mumni tez va bir xil isitadi.
Harorat nazorati 35°C dan 100°C gacha sozlanadi. Bu esa turli xil mum turlari — granulali mum, bankadagi mum va shakar pastasini eritish imkonini beradi. Qurilma har qanday kosmetik mum bilan ishlashga mos keladi.
Ichki 400 ml hajmli alyuminiy idish olinadigan (s’yomny) bo‘lib, tozalash va almashtirish juda oson. Metall idish issiqlikni bir tekis taqsimlaydi va uzoq vaqt issiq saqlaydi.
Pro-Wax 100 depilyatsiya jarayonini tez va samarali qiladi. Mum optimal haroratda ushlab turiladi, bu esa kuyish xavfini kamaytiradi va qulay ishlash imkonini beradi.
Qurilma qo‘l, oyoq, qo‘ltiq osti va boshqa tana qismlarida foydalanish uchun mos. Uy sharoitida SPA-protseduralar qilish imkonini beradi.
Afzalliklari:
– Tez isitish (100W quvvat)
– 35–100°C harorat nazorati
– 400 ml olinadigan alyuminiy idish
– Granulali, bankadagi mum va shakar pastasi uchun mos
– Salon va uy uchun ideal
Natija: silliq, toza va parvarishlangan teri.

