Oldingizda tekshiruv topshiriqlari yozilgan daftar turibdi, ular yordamida bolangizning rivojlanish darajasini baholashingiz, uning yosh me’yorlariga mos kelishini aniqlashingiz mumkin. Daftarda siz to‘rtta bo‘limni topasiz: "Diqqat," "Xotira," "Tafakkur," "Mayda motorika." Kichkintoyga topshiriqni tushuntiring, uni mustaqil bajarishiga imkon bering. Bola qiynalsa, unga yordam bering. Natijadan unchalik xursand bo‘lmasangiz ham, albatta, bolani tirishqoqligi uchun maqtang..Agar bola ko‘pchilik topshiriqlarni bajara olmasa, demak, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar kerak..Har bir sahifaning pastida, topshiriq oxirida ma’lum bir rangga bo‘yash kerak bo‘lgan yulduzchani topasiz:.- qizil bola topshiriqni mustaqil bajardi.- yashil bola topshiriqni kattalar yordamida bajardi.- ko‘k bola topshiriqni bajara olmadi..Har bir mavzu oxirida turli rangdagi yulduzchalar sonini hisoblang, bu ma’lumotlarni daftar oxiridagi yig‘ma jadvalga yozing va xulosa chiqaring.
Nashriyot
Bahor dizayni
Seriya
Maktabgacha yoshdagi bolaning bilimini tekshiramiz. Bahor dizayni
Nashr yili
2017-yil
Sahifalar soni
32.
O‘lcham
20.6x17x0.2.
Muqova turi
Yumshoq muqova
Tiraj
20000
Og‘irligi, g
39.

