• Yaroqlik muddati: 6 oy
• 5 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etiladi
• Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston
• Ozuqaviy qiymati (100 g uchun): 307.6 kkal | Oqsil — 54.5 g | Yog'lar — 4.0 g | Uglevodlar — 22.9 g.
• Tuz miqdori kamaytirilgan: Oddiy qurtga nisbatan kuchli chanqoq va shishish chaqirmaydi.
Ahsan Qurt Protein+ — bu har kunlik foydali va to'yimli tamaddi. Barchamiz sevgan tabiiy suzmaning an'anaviy ta'mi endi AQShning premium proteini (Rule One) bilan boyitildi.
Nima uchun xaridorlar Ahsan Qurt ni tanlashadi:
To'laqonli ozuqa: Bitta qadoqda (45 g) naqd 27 gramm toza oqsil bor. Bu bitta ovqatlanish o'rnini bemalol bosadi va uzoq vaqtga qorinni to'q tutadi.
Kamroq tuz: Mahsulotda tuz miqdori kamaytirilgan. Oddiy qurtga o'xshab kuchli chanqoq va shishish chaqirmaydi.
Qomat uchun foyda: Ozishni niyat qilganlar uchun juda mos. Oqsil (kazein) uzoq vaqt to'qlik hissini beradi va shirinlik yeyishdan asraydi. Sport bilan shug'ullanuvchilar uchun esa mushaklarni o'stirishga yordam beradi.
Go'zallik manbai: Kundalik toza oqsil moddasi teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi.
Qulay va toza: Bu qurt uqalanib ketmaydi va qo'lni kir qilmaydi. Rulda, ofisda kompyuter oldida yoki mashg'ulot paytida yeyish juda qulay. Zip-lock qadog'i mahsulotni toza saqlaydi.

