Mazkur husnixat daftari boshlangʻich sinf oʻquvchilarida chiroyli, toʻgʻri va tez yozish koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga moʻljallangan.
Daftardan oʻrin olgan maxsus mashqlar oʻquvchilarning mayda qoʻl motorikasini rivojlantirishga, harf elementlarini chiziqlar boʻylab toʻgʻri joylashtirishga va harflarni bir-biriga uzviy bogʻlashga yordam beradi. Shuningdek, matnlar tarkibidagi ibratli soʻzlar va maqollar oʻquvchilarning soʻz boyligini oshirish bilan birga, ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Qoʻllanma boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, tarbiyachilar hamda farzandining yozuvini mustaqil ravishda yaxshilamoqchi boʻlgan ota-onalar uchun tavsiya etiladi.

