Oltinchi sinf o‘quvchisi Vitya Shcheglov taqiqqa bo‘ysunmay, tashlandiq uydan sirli haykalchani olib ketgan. Buning natijasida bizning dunyomizga Yovuzlik yopirilib kelishini u qayerdan bilsin? Vitya va uning do‘stlari narigi tomondan kelgan vahshiy Shurshun, dahshatli o‘lik boshlar va boshqa maxluqlar bilan kurasha oladimi, sirli Qora Qirolni topib, dunyoni qutqara oladimi?

