• Muallif: Chjan Baychun
• Qopqoq: yumshoq
• Sahifalar soni: 300
• Til: Rus
“Xitoyning sanoat merosi” — bu o‘ziga xos tarixiy, texnologik va madaniy tadqiqot bo‘lib, Xitoyning qadimiy va zamonaviy sanoat obidalarini tahlil etadi. Mualliflar — taniqli olimlar Chjan Bochun va Fan Ibin — sanoat arxeologiyasi, tarixiy texnologiyalar, me’morchilik va jamiyat taraqqiyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni chuqur ochib beradi.
Kitob Xitoydagi 28 muhim sanoat yodgorliklarini (jumladan, Tunslyuyshan mis koni, Duzyan'yan sug‘orish inshooti, Shenhayszin sho‘r qudug‘i, Venchjoudagi alunit rudniklari va boshqalar) texnik, tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan yoritadi. Har bir yodgorlik haqida batafsil tasvirlar, arxeologik natijalar, texnologik tahlillar, qadimiy va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari berilgan.
Asarda qadimgi kon qazish, metall eritish, qurilish, sug‘orish tizimlari, tuz ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab texnologik jarayonlarning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi, ularning jamiyatga ta’siri, tabiiy resurslardan foydalanish madaniyati, mehnat tarixi va inson omiliga e’tibor berilgan.
Mualliflar sanoat merosining faqat texnik emas, balki estetik, me’moriy, falsafiy va sotsial ahamiyatini ham ochib beradilar. Kitob orqali Xitoyda bu borada olib borilayotgan davlat siyosati, madaniy merosni muhofaza qilish, UNESCO tan o‘lgan obidalar holati va ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Ilmiy-ommabop uslubda yozilgan bu kitob tarixchilar, texnologlar, me’morlar, arxeologlar, san’atshunoslar, talabalar va madaniy merosga qiziquvchi keng kitobxonlar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan.

