«Prokrust yotog‘i» — Nassim Nikolas Talebning aforizmlar va falsafiy mulohazalar to‘plami. Asar nomi odamlarni o‘z yotog‘i o‘lchamiga moslashtirgan Prokrust haqidagi yunon afsonasiga ishora qiladi.
Muallif inson va voqelikni tayyor qoliplarga sig‘dirish, o‘zini aldash hamda jamiyatdagi qarashlarni tanqidiy ko‘rib chiqadi. Qisqa fikrlar o‘quvchini bilim, qadriyatlar va hayotga munosabat haqida o‘ylashga undaydi. Falsafiy mutolaa ixlosmandlari uchun.

