Progelmint
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
PROGELMINT
Tarkibi: Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar:
1 kapsula – 350 mg
- Qora andiz (Inula Helenium L) 110mg
- Sano bargi va urug‘i (Cassia Acutifolia L) 110mg
- Oddiy dastarbosh (Tanacetum Vulgare L) 110mg
- Qovoq urug‘i (Semen cucurbitae L) 20mg.
Yordamchi moddalar:
kraxmal, saxaroza.
Qo‘llanishi:
- Parazit va toksinlarga qarshi;
- Askarida, ostritsa, lyambliaga qarshi;
- Gijja, parazitlarga qarshi profilaktika maqsadida.
Xususiyatlari:
Progelmint – tabiiy dorivor o‘simliklar yig‘indisi bo‘lib mikroblarga, gijja (askaridoz, enterobioz, lyambliyoz), ayniqsa, ichak parazitlariga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtiradi. Ichaklarning reflektorli kengayish va qisqarishini kuchaytiradi. Tarkibdagi tanatsetin moddasi parazitlarning perefirik asab tizimi va muskul to‘qimalariga ta’sir qilib ularning paralichiga olib keladi va nobud bo‘ladi.
Qo‘llash usuli
Progelmint kapsulalari ovqatdan 30 daqiqa oldin suv bilan ichga qabul qilinadi.
- Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1-2 kapsuladan 3 mahal;
- 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan 3 mahal;
- 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 1 kapsuladan 3 mahal..
Nojo‘ya ta’siri:
Juda kam hollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan sezuvchanlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Homiladorlik va laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, oshqozon yarasi bilan og‘rigan bemorlar.
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi
Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:
Progelmint preparatining meyordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli:
- kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga joylanadi.
Saqlash sharoiti:
Progelmint yorug‘likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati: 2 yil.
Dori vositasi emas. BFQ.

