Tom yopish uchun moʻljallangan ommabop materialdir. U qoplamali ruxlangan (sinklangan) poʻlat listdan iborat. Metallning rux qatlami va dekorativ-himoya qoplamasi bilan birgalikdagi umumiy qalinligi 0,3 mm ni tashkil etadi. Sovuq prokatlash jarayonidan oʻtgan metall takrorlanuvchi toʻlqinlar koʻrinishidagi naqshga ega boʻladi. Profillangan listning yuk koʻtarish qobiliyati tekis listnikiga qaraganda ancha yuqori.

