Go'zallik salonidagidek soch turmagini endi uyingizda yarating!
Hair country brendining professional yumaloq tarog'i (brashing) fenda soch quritish, tekislash va go'zal to'lqinlar hamda hajm (obyom) berish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Nega aynan ushbu taroqni tanlash kerak?
Keramika va Ion qoplamasi (Ceramic + Ionic): Taroq asosi qiziganda issiqlikni bir tekis taqsimlaydi va sochlaringizni haddan tashqari qizib ketishdan asraydi. Salbiy ionlar esa sochlaringizni silliq, yaltiroq qiladi va elektrlanishni butunlay yo'qotadi.
Havo o'tkazuvchan teshiklar: Taroq korpusidagi maxsus teshiklar fendan chiqayotgan havo oqimini erkin o'tkazadi, bu esa sochni bir necha barobar tezroq qurishiga yordam beradi.
Aralash tishchalar (Neylon + Tabiiy qillar): Sochni yumshoq taraydi, chalkashliklarni ochadi va bosh terisini shikastlamasdan yoqimli massaj qiladi.
Qulay tutqich: Sirpanmaydigan teksturali mahsus rezina dasta taroqni qo'lda mahkam turishini ta'minlaydi va uzoq vaqt foydalanganda ham qo'lni charchatmaydi.


