Soch, soqol va moʻylovni ideal koʻrinishga keltirish uchun professional akkumulyatorli trimmer. Zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan T-simon pichoqlar, raqamli LCD-displey va Type-C orqali tezkor quvvatlanish. Ham uyda, ham goʻzallik salonlarida ishlatish uchun mukammal tanlov!
Toʻliq tavsif
D-MAX Styler M-071 — bu ixcham, kuchli va zamonaviy professional trimmer boʻlib, u sizga har kuni xuddi barbershopdan chiqqandek mukammal koʻrinishni kafolatlaydi. Soch chetlarini tekislash (okantovka), soqol va moʻylovga shakl berish hamda tana qismidagi ortiqcha tuklarni olish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Nega aynan D-MAX Styler M-071 ni tanlashadi?
- Ultra-aniq T-simon pichoqlar: Yuqori sifatli zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan pichoqlar teriga juda yaqin va shikast yetkazmasdan silliq oladi. Istalgan murakkablikdagi chiziqlar va naqshlarni chizishga imkon beradi.
- Smart LCD-displey: Korpusdagi yorqin raqamli ekran batareya quvvatini foizda koʻrsatib turadi, bu esa trimmer kutilmaganda oʻchib qolishining oldini oladi.
- Universal Type-C porti: Zamonaviy Type-C interfeysi orqali uni smartfon quvvatlagichi, noutbuk yoki poverbank yordamida istalgan joyda osongina quvvatlash mumkin.
- Ergonomik metall korpus: Mustahkam va yengil korpus qoʻlda sirpanib ketmaydi. Pastki qismidagi metall halqa esa asbobni ilgakka osib qoʻyish uchun qulaylik yaratadi.
Texnik xususiyatlari:
- Pichoq materiali: Zanglamaydigan poʻlat
- Displey turi: LCD (quvvat foizi indikatori)
- Quvvatlanish turi: USB Type-C kabel
- Korpus: Metall/Ekranga ega mustahkam plastik
Jamlanma tarkibi
- Professional trimmer D-MAX M-071
- Turli uzunlikdagi almashtiriladigan nsadkalar (nasadki)
- Quvvatlash uchun USB Type-C kabeli
- Pichoqlarni tozalash uchun maxsus choʻtka
- Mexanizmni moylash uchun moy (maslo)