Professional tambur – bu tajribali sozandalar uchun mo‘ljallangan nafis torli musiqa asbobi bo‘lib, boy akustika va sharqona estetikani o‘zida mujassam etgan. Unda 16 ta asosiy latun pardalar va 9 ta qo‘shimcha has parda mavjud bo‘lib, aniq sozlash imkonini beradi. Korpus ko‘p yillik tut daraxtidan o‘yib yasalgan, grifi esa mustahkam yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan.
Asbobga 4 ta po‘lat sim tortilgan, sozlash uchun esa 4 ta yog‘och quloq o‘rnatilgan. Tambur tashqi ko‘rinishi sadaf bezaklari bilan boyitilgan bo‘lib, uning professionallik darajasini va san’atkorga xosligini ta’kidlab turadi.

