• Professional fonar KK-A-1
Professional nalobniy fonar KK-A-1 ov, baliq ovlash, turizm, ish va ekstremal sharoitlar uchun yaratilgan. Kuchli lazerli svetodiod LaserLed Luminos-125 termopasta ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori haroratda ham stabil ishlaydi va samarali soviydi. Svetodiod ish vaqtida 150°C gacha qizishi mumkin — aqlli himoya tizimi avtomatik ravishda yorqinlikni pasaytiradi yoki sovutish rejimiga o‘tadi.
Fonar цokolida qizil fosforli halqa mavjud bo‘lib, yumshoq qizil yorug‘lik beradi va qorong‘ida fonarni tez topishga yordam beradi. Mexanik zum yordamida yorug‘lik fokusini o‘zgartirish mumkin — keng tarqalgan nur yoki uzoqqa yo‘naltirilgan kuchli nur. Yoritish masofasi 1 kilometrgacha.
Fonar korpusi mustahkam zarbaga chidamli silikoplastikdan tayyorlangan. Himoya g‘ilofi ham silikoplastik asosida bo‘lib, ustki qismi harbiy Cordura materiali bilan qoplangan. Bu material namlik, ishqalanish va mexanik zarbalarga chidamli. Yorqin korpus sababli fonarni o‘t orasida yoki yerda unutib qoldirish qiyin. Ryukzakka, jihozlarga yoki qo‘lga osib yurish mumkin.
IP68 himoya standarti sababli fonar suv, chang, loy va kuchli yomg‘irdan himoyalangan. Og‘ir sharoitlarda foydalanish uchun mos.
4000 mAch akkumulyator bilan 30 soatgacha ishlaydi. Type-C tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Power Bank orqali bir vaqtning o‘zida ham zaryad olib, ham ishlashi mumkin.
TURBO rejim tugmani 4 marta bosish orqali yoqiladi.
⚠️ Ko‘zga qaratmang. Fonar juda kuchli yorug‘lik chiqaradi.


