1.2 litr hajmdagi professional moy ushlagich dvigatelning karter gazlari ventilyatsiya tizimini samarali tozalash uchun mo‘ljallangan. Kattalashtirilgan hajm va ichki ajratgich (peregorodkalar) tufayli yuqori yuklama va oshirilgan bosim sharoitida ham moyni gazlardan samarali ajratadi.
Korpus mustahkam dural (alyuminiy qotishmasi)dan tayyorlangan bo‘lib, vibratsiya, yuqori harorat va agressiv muhitga chidamli. Ichki ajratish tizimi samaradorlikni oshiradi, ikki tashqi filtr esa qo‘shimcha ventilyatsiya va tizimning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Turbo va atmosfera dvigatellari, sport loyihalari hamda kuchaytirilgan avtomobillar uchun mos keladi.
Faol ekspluatatsiyada kirish tizimi, interkuler va drossel qismlarini moy qoldiqlaridan himoya qilish uchun ishonchli yechim.

