Total TCKLI20358 — professional ustalar va uy sharoitida ishlatish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali akkumulyatorli to‘plam. Komplekt tarkibiga TAGLI212025 burchak silliqlagich, TIDLI206681 zarbli drell va TIWLI20451 гайковёрт kiradi.
Burchak silliqlagich 1200W quvvatga ega bo‘lib, 3000, 6000 va 9000 aylanish tezligida ishlaydi. 115 mm disk diametri va M14 шпиндель turli kesish va silliqlash ishlarini qulay bajarishga yordam beradi. Vibratsiyani kamaytiruvchi tutqich uzoq ishlashda qulaylik yaratadi.
Zarbli drell 66 Nm moment kuchi va 30000 bpm zarba tezligiga ega. 13 mm metall patron, 22+1+1 moment sozlamalari va 2 tezlikli uzatma tizimi aniq va samarali ishlash imkonini beradi. LED yoritgich hamda batareya quvvat indikatori ish jarayonini yanada qulay qiladi.
Gaykovert 405 Nm tortish kuchi va 555 Nm maksimal bo‘shatish momentiga ega. 3 xil tezlik rejimi murvat va gaykalarni tez yechish va mahkamlash imkonini beradi.
Komplekt tarkibi:
* 10 dona metall kesish diski
* 47 dona aksessuar
* 3 dona beton uchun burg‘u
* 17, 19 va 21 mm kallaklar
* 2 dona 4.0Ah akkumulyator
* Zaryadlovchi qurilma
* Mustahkam keys

