• 22 ta foydali bakteriya shtammini o‘z ichiga oladi
• Tarkibida: bifido, lakto, propion kislotali bakteriyalar, bacillus, E.coli
• Immunitet va ichak salomatligi uchun
• Xolesterin miqdorini kamaytiradi, yog‘ almashinuvini normallashtiradi
• Jigar va asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, stress va iqlim o‘zgarishida foydali
• Teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi
• Jismoniy va aqliy zo‘riqishda chidamlilikni oshiradi
• 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun
• Shakarsiz, konservantsiz
• Kukun shaklida, suv yoki sutda eriydi Qabul qilish muddati: 15–30 kun
Tarkibi:
1. Bifidobacterium Bifidum 1,
2. Bifidobacterium Longum 17X,
3. Bifidobacterium Adolescentis 30,
4. Bifidobacterium Bifidum 134,
5. Bifidobacterium Bifidum 263,
6. Bifidobacterium Bifidum 108,
7. Lactobacillus Plantarum 8P-A3,
8. Lactobacillus Fermentum 90T-C4,
9. Lactobacillus Acidophilus 180,
10. Lactobacillus Fermentum 196,
11. Lactobacillus Bulgaricus RKMUz-210,
12. Lactobacillus Bulgaricus RKMUz-212,
13. Bifidobacterium Lactis 1,
14. Bifidobacterium Infantis,
15. Bifidobacterium Breve,
16. Lactobacillus Rhamnosus,
17. Streptococcus Salivarius,
18. Bacillus Subtilis 3,
19. Bacillus Licheniformis №31,
20. E. coli-M-17,
21. St. thermophilus 237,
22. Propionibacterium avidum 1.
Qo’llash sohasi:
Probiotik №22 tarkibida yuqori konsentratsiyali 22 xil mikroorganizmlar mavjud, jumladan bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar, propionokislotali, coli-bakteriyalar, va Bacillus turining 2 xil shtammi.
Bu mahsulot ichak mikroflorasi disbalansini bartaraf etish va uning normal funktsional holatini tiklashga qaratilgan ko’p yo’nalishli ta’sirga ega.
Shu sababli uni quyidagilar uchun tavsiya qilish mumkin:
• Immun tizimini kuchaytirish va organizmning infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshirish;
• Qonda normal xolesterin konsentratsiyasini saqlash va ateroskleroz xavfini kamaytirish, lipid almashinuvini normallashtirish, optimal vaznni saqlash uchun;
• Jigar, ichak va asab tizimining funksiyalarini yaxshilash, ayniqsa zararli ishlab chiqarishda ishlovchilar va tez-tez stressga uchraydigan shaxslar uchun;
• Iqlim va ovqatlanish sharoitlarining keskin o‘zgarishida yordam beradi;
• Ovqat hazm qilishni yaxshilash, ichak mikroflorasini tiklash va modda almashinuvini normallashtirish;
• Terining elastikligini yaxshilash, tirnoqlar holatini tiklash va sochlarni mustahkamlash (kosmetologik amaliyotda).
Shuningdek, mahsulot katta jismoniy va aqliy yuklamalarni osonroq ko‘tarishga, yurak-qon tomir tizimi ishini normallashtirishga yordam beradi.
Qo‘llash usuli:
• Bolalar uchun (3-12 yosh): ovqat paytida kuniga 2 marta 1 o‘lchov qoshiq.
• Kattalar uchun: ovqat paytida kuniga 2-3 marta to‘la 1 o‘lchov qoshiq.
Mahsulotni iste’moldan oldin 20-50 ml qaynatilgan sovutilgan suv, sut yoki bolalar ovqatiga (40°C dan yuqori bo‘lmagan) aralashtirib, darhol iste’mol qiling.
Kurs muddati: 15-30 kun.
Saqlash shartlari:
Quruq va qorong’i joyda, harorat +25°C dan yuqori bo‘lmagan va havoning nisbiy namligi 80% gacha bo‘lgan sharoitda saqlang.
Mahsulotni qo‘llash mumkin emas agar:
• Qadoq butunligi buzilgan bo‘lsa;
• Yorliq yo‘q bo‘lsa;
• Preparatning hajmi yoki massasi keskin kamaygan bo‘lsa.

