• Nomi Samarali kechirish usuli. O‘tmish va hozirgi salbiy hissiyotlardan xalos bo‘lish
• Muallif Aleksandr Sviyash
• Janr Psixologiya, o‘zini rivojlantirish
• Format A5
• Betlar soni 280 bet
• Muqova Yumshoq muqova
«Samarali kechirish usuli» kitobi inson ongida va tanasida to‘planib qolgan ranjish, g‘azab, aybdorlik va alam hissiyotlarining sabablarini ochib beradi. Muallif kechirish jarayonini oddiy va tushunarli psixologik texnika sifatida ko‘rsatadi. Asarda o‘tmishdagi og‘ir vaziyatlar, munosabatlardagi ziddiyatlar va ichki noroziliklar qanday qilib sog‘liq va hayot sifatiga ta’sir qilishi tushuntiriladi. Kitobdagi mashqlar va tavsiyalar orqali o‘quvchi ichki yengillikka erishish, hissiy yuklardan xalos bo‘lish va hayotga yangicha qarashni o‘rganadi.

