• Nomi: Minto piramida prinsipi
• Muallif: Barbara Minto
• Janri: Biznes, kommunikatsiya, nutq san’ati
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:261
Barbara Mintoning ushbu asari professional muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim qo‘llanma hisoblanadi. Kitobda piramida prinsipi orqali fikrlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish, asosiy g‘oyalarni to‘g‘ri joylashtirish va ularni lo‘nda tarzda ifodalash usullari o‘rgatiladi. O‘quvchi nutq qilish yoki matn yozishda auditoriyani charchatmay, balki diqqatini jalb qilishni o‘rganadi. Shuningdek, biznes uchrashuvlari, intervyular, hisobotlar va prezentatsiyalar uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Kitob turli soha vakillari — menejerlar, pedagoglar, jurnalistlar va tadbirkorlar uchun foydali manba bo‘lib, ularga samarali muloqot ko‘nikmalarini egallashda yordam beradi.

