• Transport klapanidan yoki germetik tiqinlardan foydalanmay oddiy tashish imkoniyati
• Siyohlarning boshlangʻich jamlanmasi zaxirasi 7500 ta rangli va 4500 oq˗qora A4 hujjatlarni chop etishga yetadi
• Sachratma usulda chop etish
• 10x15 formatidagi fotosuratlarni xoshiyasiz chop etish imkoniyati
• Maksimal formati A4
• Kartrijlar oʻrniga siyohlar toʻldirilgan 70ml. hajmli idishlar oʻrnatilgan
• Chop etish tezligi daqiqada 27 varaq ("draft" rejimida)
• Olchamlari 482 x 222 x 130 mm, og'irligi 2.7 kg, OS: Windows, Mac OS
• 12 oylik rasmiy kafolat
• Rangli hujjatlarni oʻta tejamkorlik bilan chop etish uchun printer
Epson L132 printerini ajratib turuvchi xususiyati shuki, unda 10x15 formatidagi fotosuratlarni xoshiyalarsiz chop etish funksiyasi mavjud, shuningdek siyoh idislari konstruksiysi takomillashgan, bu esa qurilmani transport klapanidan yoki germetik tiqinlardan foydalanmay tashish imkonini beradi.

Kartrijlarsiz sachratma usulda chop etish
Epson bosma fabrikasining oʻziga xosligi – uning kartrijlarsiz chop etishidir. Kartrijlar oʻrniga Epson L132 da maxsus idishlardan foydalaniladi, ulardagi siyoh maxsus naychalar orqali chop etuvchi kalakka kelib tushadi. Bunda idishlarning va naychalarning mislsiz tuzilmaga ega ekanligi kartrijlardan foydalanmasdan bosmaning yuqori sifatli boʻlishini va qurilma ishining ishonchliligini kafolatlaydi.
Sarflanma materiallarni 3 yilgacha almashtirmasdan chop etish imkoniyati [2]
Epson L132 uchun sarfalnma material boʻlib yuqori zaxirali siyoh konteynerlari xizmat qiladi. Havorang, qirmizi, sariq va qora siyohli toʻrtta konteyner 7500 rangli va 4500 oq-qora hujjatlarni chop etish uchun yetadi [1], ya’ni siyohlarning dastlabki toʻldirilishi salkam 3 yil bosma ishlarini bajarish uchun yetadi [2] va sarflanma materiallar sotib olish uchun zarurat tugʻilmaydi!

Yuqori sifatli bosma va ishonchlilik
Epson Micro Piezo mislsiz sop etish texnologiyasi va siyoh solingan idishlardagi bosimning aniq nazorat qilib turilishi sababli siz hamisha oliy sifatda chop etilgan hujjatlarni olasiz. Qurilmaning maxsus ishlab chiqilgan materiallardan tayyorlangan butlovchilari printerning uzoq vaqt buzilmasdan xizmat qilishini ta’minlaydi.
Fotosuratlarni xoshiyasiz chop etish
Koʻproq rangli hujjatlarni chop etuvchi, ammo ba’zan fotosuratlarni chop etishni istaydigan foydalanuvchilar uchun 10x15 formatli fotosuratlarni xoshiyasiz chop etish funksiyasi nihoyatda foydali. Endi siz oʻzingiz yoqtirgan fotosuratlarni ranglari va jilvalari bilan koʻzingizni quvontiradigantarzda chop etishinigiz mumkin.
Ishlab chiqaruvchi kafolati
Ishlab chiqaruvchi tomonidan 12 oyga yoki 15000 qogʻoz bosmasiga beriladigan rasmiy kafolat Epson L132 bosma fabrikasi yuqori darajada ishonchli ekanligidan dalolatdir [3].
Zavod qutisida USB kabeli kiritilmagan. Ulanish uchun sizga USB Type-B kabeli kerak bo'ladi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi servis markazlarining manzillari.

[1] Epson konteynerlari zaxirasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Epson kompaniyasi uslubiyati asosida ISO/IEC 24712 standartidan chop etishning test namunalaridan foydalanib oʻtkazilgan oʻlchovlarga asoslangan. Zaxira toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ISO/IEC24711 standartiga asoslangan EMAS. Ma’lumotlar chop etilayotgan tasvirlarga, chop etish mezonlariga, qogʻozning turiga, foydalanish chastotasiga, bosma namligi va haroratiga bogʻliq ravishda bir muncha farq etishi mumkin.
[2] Zaxira toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiq bir oyda tahminan 180 ta rangli va 110 ta oq˗qora hujjatlarni chop etish mumkin.
[3] Qaysi biri oldin yuzaga kelishiga bogʻliq tarzda.

